Livanda HAMAS rahbarlaridan biri oʻldirildi
U guruhga qurol-yarogʻ yetkazib berishga javobgar shaxslardan biri boʻlgan.

Livanda Isroil mudofaa kuchlarining havo hujumi natijasida HAMAS va "al-Jamoa al-Islomiya" yetakchilaridan biri Ayman Gatma halok boʻldi.
Gatma avtomobilini Isroil chegarasidan 40 kilometr uzoqlikdagi al-Hyara shahri yaqinida haydab ketayotganida dron zarbasi yordami oʻldirilgan.
Isroil qurolli kuchlari hodisa va uning oqibatlari aks etgan videoni chop etdi.
Gatma HAMASning va "al-Islomiya"ning qurollanishi boʻyicha javobgar boʻlgan.
Ayni paytda, Reuters shanba kuni Isroilning anklav shimolidagi Gʻazo shahrining ayrim qismlariga bergan ikki zarbasi natijasida kamida 42 kishi halok boʻlganini maʼlum qilgan.