Jahon futboli yulduzlari Oʻzbekistonga keladi

Ular orasida Dida, Kristian Panuchchi va Serjinio kabilar ham bor. 

Sport
24-iyun, 21:02
Jahon futboli yulduzlari Oʻzbekistonga keladi

Yoshlar oyligi doirasida 29 iyun kuni dunyoga mashhur futbol yulduzlari Oʻzbekistonga tashrif buyurishadi. Ular orasida italiyalik va braziliyalik yulduzlar bor. 

Xususan:

Dida (Jesus Silva) - darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi.

Kristian Panuchchi - Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi.

Kristian Zakkardo - Italiya terma jamoasining sobiq aʼzosi, oʻng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.

Serjinio (Serjio Klaudio dos Santos) - Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UYeFA Chempionlar Ligasi gʻolibi.

Uchrashuv 29 iyun kuni soat 15:00 da Yoshlar ijod saroyida boʻlib oʻtadi. Unda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, Oʻzbekistonda sohadagi islohotlar haqida bahslar boʻlib oʻtadi. 

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+