platina.uz
Jahon

Bokuda qidiruvdagi shaxsni ushlash paytida uch politsiyachi halok boʻldi

Ayblanuvchi taslim boʻlishdan bosh tortib, oʻz oila aʼzolaridan tirik qalqon sifatida foydalangan. 

Bokuda qidiruvdagi shaxsni ushlash paytida uch politsiyachi halok boʻldi

Bokuda jinoyatchini qoʻlga olish chogʻida uch politsiyachi va bir fuqaro halok boʻldi.

24 iyun kuni Boku shahri, Xazar tumanida bir necha bor sudlangan va qidiruvda boʻlgan 1986 yilda tugʻilgan Ollohverdiyev Rovshan Oʻgʻtay oʻgʻlini qoʻlga olish chogʻida militsiya xodimlariga qurolli qarshilik koʻrsatgan.

Natijada bir fuqaro va uch politsiyachi halok boʻlgan. Bu haqda Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasining qoʻshma bayonotida maʼlumot berildi.

“Jinoyatchi politsiyaning oʻch olishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻz oila aʼzolaridan tirik qalqon sifatida foydalangan va vaziyatdan foydalanib, "Lankaster" rusumli ov miltigʻidan oʻq uzgan, natijada bir fuqaro va uch nafar politsiyachi halok boʻlgan.

Koʻrilgan choralar natijasida R.Ollaxverdiyev ichki ishlar xodimlari tomonidan zararsizlantirildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi boshqarmalarning qoʻshma bayonotida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid