platina.uz
Sport

Yevro-2024: Portugaliya Turkiyani tor-mor etdi

Ronaldu boshliq jamoa keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Yevro-2024: Portugaliya Turkiyani tor-mor etdi

Yevropa chempionati F guruhi 2-turida Turkiya va Portugaliya terma jamoalari maydonga tushdi. Oʻyinda Ronaldu jamoadoshlari yirik hisobda gʻalaba qozondi.

Hisobni 21-daqiqada Silva ochgan boʻlsa, oradan 7 daqiqa oʻtib, turk himoyachisi va darvozaboni bir-birini tushunmasligi oqibatida kulgili avtogol urildi.

Uchinchi golni Ronaldu va Fernandesh tandemi urdi. Krishtianu yakkama-yakka holatda gol urmay, yonida ochilgan Brunuga pasni qizgʻanmadi.

Shu tariqa guruhda Portugaliyada 6, Turkiyada 3, Chexiya va Gruziyada 1 ochkodan bor.

Yevro-2024, F guruhi, 2-tur

Turkiya - Portugaliya 0:3
Gollar: Silva 21, Oqoydin 28 avtogol, Fernandesh 55

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid