Yevro-2024: grandlar oʻyinida hisob ochilmadi
Turning markaziy uchrashuvida Niderlanliya va Fransiya maydonga tushdi.

Yevropa chempionati D guruhi 2-turida Fransiya va Niderlandiya terma jamoalari golsiz durang qayd etishdi.
Oʻyin asosan teng kurashlar ostida kechdi, deyish mumkin. Ammo ikkisi ham bor kuchini sarflashni istamadi.
Shu tariqa guruhda Fransiya va Niderlandiyada 4, Avstriyada 3 ochko bor, Polshada esa 0.
Yevro-2024, D guruhi, 2-tur
Niderlandiya - Fransiya 0:0




