Salimboy va Baxti Tashkentskiyning fargʻonalik sherigi ushlandi
Abdullo Egamberdiyev poytaxtlik "koʻcha" vakillari bilan ijobiy aloqa oʻrnatgan boʻlgan.

Fargʻona viloyati, Margʻilon shahrida Baxti Tashkentskiy va Salim Abduvaliyevlarning sherigi Abdullo Egamberdiyev qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
U IIB tezkor xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Abdullo Egamberdiyev 2022-2023 yillarda "qonundagi oʻgʻri" Baxtiyor Qudratullayev va Salim Abduvaliyevlar bilan yaqin aloqa oʻrnatgan va Margʻilon shahrini norasmiy "nazorat qilish"ga uringan.
U avval ham JKning 166-moddasi bilan sudlangan. Hozirda Egamberdiyevga Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Salim Abduvaliyev va Baxtiyor Qudratullayev oʻtgan yili qishda qoʻlga olingandi.
Abduvaliyev sud hukmi bilan 6 yilga qamaldi, Baxti Tashkentskiy ustidan sud davom etmoqda.