platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekcha vikipediya maʼmuri halok boʻldi

OʻzDJTU talabasi boʻlgan Muhammadali Ikramov oʻzbek tilidagi vikipediyada qariyb 600 dona sahifa yaratgan. 

Oʻzbekcha vikipediya maʼmuri halok boʻldi

Toshkentda oʻzbekcha vikipediya maʼmuri Muhammadali Ikramov baxtsiz hodisa qurboni boʻldi.

Ikramov poytaxtdagi "Boʻrijar" kanali choʻmilishga borib, choʻkish oqibatida vafot etgan.

Ikramov Muhammadali Toʻlqinjonovich 2004 yilning 16 aprelida Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagach, 2021 yil Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga oʻqishga kirgan. U yerda filologiya va tillarni oʻqitish mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan.

Asosan oʻzbekcha vikipediyada faoliyat yuritgan Ikramov ikki yil davomida oʻzbek tilida qariyb 600 ta maqola va 5 mingdan ziyod sahifa yaratdi, minglab maqolani tahrir qildi Vikimaʼlumotlarda esa 3 mingga yaqin tahrir qildi.

Umuman olganda, Muhammadali Ikramov Vikimedia jamgʻarmasi loyihalarida 26 mingdan oshiq tahrir qilgan, deyiladi loyiha saytida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid