Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus platforma ishga tushiriladi
Platforma aholining korrupsiyaga qarshi bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi aholi bilimlarini rivojlantirish uchun maxsus platforma joriy eetiladi.
Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-228-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, 2025 yil 1 yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi.
Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
-aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
-korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori boʻlgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
-davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish;
-korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yuritish;
-korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.