platina.uz
Jahon

BMT Isroilga qurol yetkazishni toʻxtatishga chaqirdi

BMT ekspertlarining fikricha, qurol savdosi va uni tashishni moliyalashtirgan kompaniyalar ham javobgarlikka tortilishi kerak.

BMT Isroilga qurol yetkazishni toʻxtatishga chaqirdi

BMT Isroilga qurol yetkazib berishni toʻxtatishga chaqiriq bilan chiqdi.

BMT ekspertlari Isroilga qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar yetkazib beruvchi kompaniyalar insoniyatga qarshi jinoyatlarga sherik boʻlish xavfini va genotsidga aloqadorlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini aytdi, deb yozadi Euronews.

BMT hisobotida dunyodagi eng yirik qurol ishlab chiqaruvchilar roʻyxati keltirilgan boʻlib, mutaxassislar fikricha, ular haqiqiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bundan tashqari, bu vositachilar va uchinchi davlatlar orqali bilvosita yetkazib berishga ham tegishli.

BMT ekspertlarining fikricha, qurol savdosi va uni tashishni moliyalashtirgan kompaniyalar ham javobgarlikka tortilishi kerak.

Bu fonda Isroil va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasidagi munosabatlar yana qurol-yarogʻ taʼminoti tufayli yomonlashdi. Oq uy Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning Qoʻshma Shtatlar qurol-yarogʻ yetkazib berishni kechiktirayotganini aytib, hafsalasi pir boʻlganini bildirdi.

Amerikalik siyosatchilar va diplomatlar Netanyaxu qanday kechikishlar haqida gapirayotganini bilmasliklarini aytishdi. Vashingtonning taʼkidlashicha, hech bir davlat Isroilni qoʻllab-quvvatlash uchun Amerika Qoʻshma Shtatlaridek koʻp ish qilmagan.

Avvalroq AQSh tomoni Ukraina va Isroilga koʻp milliardlik yordam paketini maʼqullagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid