Yevro-2024: Ukraina "jang maydoni"ga qaytdi
Ular kutilmagan va nafis kambek bilan slovaklarni taslim qildi.

Yevropa chempionati Ye guruhi 2-turida Ukraina termasi Slovakiya ustidan ajoyib kambek bilan gʻalaba qozondi.
Hisobni 17-daqiqada Shrans ochgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda ukrainlar oʻziga kelishdi. Avvaliga Shaparenko gol urdi, keyin esa chiroyli golli pas berdi.
Shu tariqa guruhda Ukraina, Slovakiya va Ruminiyada 3 ochko bor, Belgiyada esa 0. 3-turda Ukraina va Belgiya oʻynaydi.
Yevro-2024, Ye guruhi, 2-tur
Slovakiya - Ukraina 1:2
Gollar: Shrans 17 - Shaparenko 54, Yaremchuk 80




