Yevro-2024: Ispaniya keyingi bosqich masalasini hal qildi
Turning markaziy uchrashuvi asosan "qizil furiya" hujumlari ostida oʻtdi.

Yevropa chempionati B guruhi 2-turi markaziy oʻyini Ispaniya termasi Italiya ustidan kichik hisobda gʻalaba qozondi.
Asosan ispanlar hujumlari ostida oʻtgan uchrashuvda hisob 55-daqiqada ochildi. Italiyalik Kalafiori oʻz darvozasiga gol urib qoʻydi.
Shu tariqa "qizil furiya" keyingi bosqich masalasini hal qildi. Italiya esa soʻnggi turda qattiq kurashishiga toʻgʻri keladi.
Yevro-2024, B guruhi, 2-tur
Ispaniya - Italiya 1:0
Gol: Kalafiori 55 avtogol




