Raqamli texnologiyalar vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Olimjon Umarov 2017-2020 yillarda ham AKT vaziri birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Umarov Olimjon Muxamadjanovich – Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bungacha ushbu lavozimda Pekos Oleg Andreyevich ishlab kelayotgandi.
Olimjon Umarov avval ham ushbu vazirlikda ( avvalgi AKT vazirligi) 2017-2020 yillarda vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Olimjon Umarov 1985 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 2007 yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini, 2017 yilda Songyungvan universitetini (Janubiy Koreya) tamomlagan.
U 2017—2020 yillarda AKT vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan, 2020 yil mayida Oʻzbekiston bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlangandi.