“Oʻzsuvtaʼminot” AJ raisi vazifasini bajaruvchi tayinlandi
Tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati hokimligi tizimida ishlagan.
Jamiyat
21-iyun 2024 yil

Suvonqulov Ahmad Xudayshukurovich – “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlagan.
Bungacha Xaydarov Tohir Abidjanovich "Oʻzsuvtaʼminot" raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avvalgi rahbar Azimov Dilshod Surʼatovich esa may oyida ishdan olingandi.