Kanadalik mashhur aktyor vafot etdi
Muvaffaqiyat Donald Sazerlendga 1970 yillarda Amerika telekoʻrsatuvida jarroh Pirs rolida oʻynaganidan keyin keldi.

"Ochlik oʻyinlari", "Italyancha oʻgʻirlik","Harbiy-dala gospitali", "Gʻurur va andisha", "Manfaatli taklif" kabi filmlar yulduzi Donald Sazerlend 88 yoshida vafot etdi.
Aktyorning oʻgʻli Kifer otasining oʻlimi haqida xabar bergan.
"Men uni kino tarixidagi eng muhim aktyorlardan biri deb bilaman. U hech qanday rolga - yaxshimi, yomonmi yoki yovuzligiga parvo qilmasdi", - dedi Kifer.
"U oʻz biznesini yaxshi koʻrardi va oʻzi sevgan ish bilan shugʻullanardi", dedi Kifer.
Muvaffaqiyat Donald Sazerlendga 1970 yillarda Amerika telekoʻrsatuvida jarroh Pirs rolida oʻynaganidan keyin keldi.
Sazerlend ijodiy faoliyati davomida 200 ga yaqin rollarni ijro etgan.
U Kanadada tugʻilgan, u yerda birinchi marta radio muxbiri boʻlib ishlagan. 1957 yilda boʻlajak aktyor Londonga koʻchib oʻtdi va London musiqa va dramatik sanʼat akademiyasida tahsil oldi.
Keyin Britaniya kino va televideniyesida kichik rollarni oʻynadi.
Donald Sazerlend toʻrt oʻgʻil va bir qizning otasi edi.
Tijorat muvaffaqiyati va tanqidiy eʼtirofga qaramay, u hech qachon "Oskar" mukofotini olmagan, ammo 2017 yilda kinodagi karerasi uchun faxriy mukofotga sazovor boʻlgan.