Halilillo Toʻraxoʻjayev Raqobat qoʻmitasi raisi lavozimiga saylandi
Toʻraxoʻjayev bungacha Oliy sud raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagandi.

Halilillo Toʻraxoʻjayev Raqobat qoʻmitasi raisi lavozimiga saylandi.
Senatning 53-yalpi majlisida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisini saylash masalasi ham koʻrib chiqildi.
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasi hamda 109-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Senat tomonidan saylanadi.
Halilillo Sobirjonovich Toʻraxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi lavozimiga saylandi.
Toʻraxoʻjayev bungacha Oliy sud raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagandi.
Oldinroq Nigʻmatilla Yoʻldoshev Bosh prokuror lavozimida tayinlangandi.




