Shumanay tumaniga hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Shumanay tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Ametov Adilbek Orazimbetovich Shumanay tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Bugun, 20 iyun kuni xalq deputatlari Shumanay tuman Kengashining navbatdan tashqari toʻqson birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya kun tartibiga choʻllarni obodonlashtirish masalasi ham kiritildi.
Shuningdek, Sessiyada Ametov Adilbek Orazimbetovichni Shumanay tumani hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi.
Tuman Kengashining bir qator deputatlari soʻzga chiqib, taklif etilgan taklifni qoʻllab-quvvatladilar.




