Moskvaga kuchli toʻfon va yomgʻir kuzatilmoqda
Prognozlarga koʻra, ayrim joylarda doʻl yogʻishi, shamol tezligi 18-23 m/s gacha yetishi kutilmoqda.

Rossiya poytaxti Moskvada kuchli yomgʻir yogʻdi, shamol sezilarli darajada kuchaydi. Payshanba kuni poytaxtda yana kuchli dovul va toʻfonlar kuzatilishi mumkin, deydi sinoptiklar.
Shaharda yomon ob-havo tufayli ob-havo xavfining "toʻq sariq" darajasi eʼlon qilindi. Mazkur noqulay ob-havo mahalliy vaqt bilan 22:00 gacha davom etishi kutilmoqda, tabiiy ofatlar, vayronagarchiliklar ehtimoli bor.
Prognozlarga koʻra, ayrim joylarda doʻl yogʻishi, shamol tezligi 18-23 m/s gacha yetishi kutilmoqda.
Shahar madaniyat va istirohat bogʻi noqulay ob-havo tufayli yopilgan. Moskva hayvonot bogʻi vaqtincha ishini toʻxtatdi.
Transport departamenti yer usti transportida mahalliy kechikishlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Baʼzi marshrutlar operativ ravishda oʻzgartirilishi mumkin. Yoʻlovchilardan ehtiyot boʻlish va haydovchilarning eʼlonlarini tinglash soʻraladi. Haydovchilarga avtomobilda sayohat qilmaslik va metrodan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Shahar xizmatlari kuchaytirilgan rejimda ishlaydi.
Moskva maʼmuriyati fuqarolardan yomon ob-havo sharoitida koʻchada qolmaslikni soʻramoqda.