platina.uz

Kim Chen In Putinga ovchi itlar sovgʻa qildi

Putin  esa Shimoliy Koreya rahbariga Aurus avtomobili, xanjar va serviz tuhfa qilgan. 

Jahon
20-iyun 2024 yil
Kim Chen In Putinga ovchi itlar sovgʻa qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Shimoliy Koreyaga tashrifi chogʻida mamlakat rahbari Kim Chen In unga kam uchraydigan pungsan zotli ikkita ovchi itini sovgʻa qildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

"Oʻrtoq Kim Chen In faxriy mehmonlar uchun Kumsusan qarorgohi bogʻida prezident Putinga mamlakatimizning milliy it zoti boʻlgan pungsan itlarini sovgʻa qildi", — deyiladi agentlik bayonotida.

Shuningdek, Kim Chen In Vladimir Putinni KXDRning oliy davlat mukofoti – Kim Ir Sen ordeni bilan taqdirladi. Taqdirlash marosimi 19 iyun kuni Pxenyan shahrida boʻlib oʻtdi. Orden "ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda alohida xizmatlari bor" Rossiya prezidentiga "cheksiz hurmat va ishonch belgisi sifatida" taqdim etildi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga koʻra, Putin Kim Chen Inga Aurus avtomobili, xanjar va serviz sovgʻa qilgan.

Vladimir Putin 18-19 iyun kunlari KXDRda amaliy tashrif bilan boʻldi. Umuman olganda, davlat rahbarlari muzokaralarga 11 soatdan ortiq vaqt sarfladilar. Uchrashuv yakunlari boʻyicha Rossiya va KXDR oʻrtasida har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Shundan soʻng Vladimir Putin Vetnamga yoʻl oldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+