Jizzax hokimi uchastkalari olib qoʻyilgan shaxslar uchun milliardlab pul ajratdi

Zomin tumani aeroporti rekonstruksiya qilinayotgani munosabati aholidan yer uchastkalari olib qoʻyilgan. 

Jamiyat
20-iyun, 11:22
Jizzax hokimi uchastkalari olib qoʻyilgan shaxslar uchun milliardlab pul ajratdi

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning "Viloyatda jamiyat va davlat manfaatlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha" qarori eʼlon qilindi.

Unda Zomin tumani aeroporti rekonstruksiya qilinayotgani munosabati bilan olib qoʻyilgan yer uchastkalari sabab yetkazilgan zarar uchun 12 mlrd. soʻm ajratish boʻyicha maʼlumot berilgan.

Qarorga koʻra, yer uchastkalarini olib qoʻyish sabab jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha jamgʻarmadan 3,5 mlrd. soʻm ajratilishi belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Jizzax viloyati hokimi birinchi oʻrinbosari A,Mustanov zimmasiga yuklatilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+