Yevro-2024: Xorvatiya irodali gʻalabani qoʻldan chiqardi
Xorvatlar birinchi turda Ispaniyaga yirik hisobda magʻlubiyatga uchragandi.

Yevropa chempionatining 2-tur oʻyinlari Xorvatiya va Albaniya oʻyini bilan ochildi. Xorvatlar kambek qilayotib, gʻalabani qoʻldan chiqarishdi.
Asosan Xorvatiya ustunligi ostida oʻtgan uchrashuvda albaniyalik Lachi 11-daqiqadayoq hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlimning 74-daqiqasida kiritilgan Kramarichning goli hisobni tenglashtirdi.
Oradan 2 daqiqa oʻtar-oʻtmas, albanlar oʻz darvozalariga gol kiritib qoʻydi. Ammo avtogol urgan Gyasula aybini yuvib, hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa xorvatlar Ispaniyaga qarshi yirik magʻlubiyatdan keyin durangga erishishdi xolos.
Yevro-2024, B guruhi, 2-tur
Xorvatiya - Albaniya 2:2
Gollar: Kramarich 74, Gyasula 76 avtogol - Lachi 11, Gyasula 90+5




