Yevro-2024: Portugaliya qiyin oʻyinda gʻalaba qozondi
F guruhidagi ikkinchi oʻyin dramatik lahzalarga boy boʻldi.

Yevropa chempionati F guruhidagi ikkinchi oʻyinda Portugaliya termasi Chexiya ustidan irodali gʻalaba qozondi.
Asosan portugallar ustunligi ostida oʻtgan uchrashuvda hisobni chexlar ochgan boʻlsa-da, ularning quvonchi 7 daqiqaga choʻzildi va avtogol bilan hisob tenglashdi.
Soʻnggi daqiqalardagi Konsensaoning goli Portugaliyaga gʻalaba olib keldi. Shu tariqa 1-turga yakun yasaldi.
Yevro-2024, F guruhi, 1-tur
Portugaliya - Chexiya 2:1
Gollar: Xranats 69 avtogol, Konsensao 90+2 - Provod 62




