platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoning ayrim hududlarida ichimlik suvi narxlari oshadi

Unga koʻra, aholi uchun bir metr kub suv narxi 1900 soʻm, hisoblagichsiz esa 2850 soʻmni tashkil etadi. 

Surxondaryoning ayrim hududlarida ichimlik suvi narxlari oshadi

"Termiz temir yoʻl suv taʼminoti" shoʻʼba korxonasida ichimlik va oqova suv narxlarini belgilash toʻgʻrisida qaror eʼlon qilindi. Mazkur hujjat Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan qabul qilingan.

Unga koʻra, aholi uchun bir metr kub suv narxi 1900 soʻm, hisoblagichsiz esa 2850 soʻmni tashkil etadi. Ulgurji isteʼmolchilar va temir yoʻl korxonalari uchun narxlar 2300 soʻmni tashkil etadi.

Suv oʻlchagichsiz ichimlik suvidan foydalanishda bir oilada bir nafar odam uchun 15 675 soʻm, besh nafar kishiga 78 ming 375 soʻm, oʻn nafar kishiga esa 156 ming 750 soʻmni tashkil etadi.

Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingandan oʻn besh kun oʻtib kuchga kiradi.

10 iyundan boshlab Toshkent viloyatining ayrim hududlarida suv narxi salkam 4 karra oshirilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid