platina.uz
Jahon

Moskvada yuzlab kishilar ovqatdan zaharlandi

Hozirda 33 kishi reanimatsiyada. Tergov qoʻmitasi mazkur ish yuzasidan uch kishi qoʻlga olinganini maʼlum qildi. 

Moskvada yuzlab kishilar ovqatdan zaharlandi

Moskvada 120 dan ortiq kishi ovqatdan zaharlandi.

Ushbu ommaviy zaharlanish ishi boʻyicha "Kuxnya na rayone" kompaniyasi direktori Anton Lozin va Moskva viloyatidagi ovqat tayyorlash va yetkazib berish kompaniyasi bosh direktori hamda sifat boʻlimi boshligʻi qoʻlga olindi.

Bu haqda 18 iyunda Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasining telegram kanalida maʼlum qilindi.

Tergov jarayonida yana bir jinoiy ish ochildi. Korxonaning bir necha xodimlari – Oʻzbekiston fuqarolari, oʻz yashash joyida noqonuniy yashayotgani aniqlandi.

14 iyundan beri Moskvada 121 kishi botulizm alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda jabrlanganlarning 55 nafari ogʻir ahvolda, 33 nafari reanimatsiyada.

Zaharlanish holatlari Nijniy Novgorod va Qozonda ham aniqlangan. Rospotrebnadzor maʼlumotlariga koʻra, barcha bemorlar "Kuxnya na rayone" ovqat yetkazib berish xizmatidan lobio va "Gastroport" fudmolida tunes, loviya va olmali salat buyurtma qilgan.

"Kuxnya na rayone" tekshiruv ishlari maqsadida hozirda oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Uning Moskvadagi omborlari va oshxonalarida tintuvlar oʻtkazildi. Tergovchilar bir qator sanitariya-epidemiologiya meʼyorlarining buzilishini aniqladilar va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi - "xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish, xizmatlar koʻrsatish" boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatdilar. Ular ushbu ish ortidan ikki yilgacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid