Janubiy Koreyadagi eng qadimiy akvarium yopiladi
U 30 mingga yaqin dengiz jonzotlarini oʻz ichiga olgan va tashrif buyuruvchilarning asosini imperator pingvinlarini kuzatuvchilar tashkil etgan.

Koreyaning eng qadimgi jamoat akvariumi "Aqua Planet 63" 39 yillik faoliyatdan soʻng 30 iyun kuni butunlay yopiladi. Ushbu xabar akvariumning rasmiy xabarida eʼlon qilindi.
1985 yilda oʻsha paytda Osiyoni eng baland inshootlaridan birida joylashgan "Aqua Planet 63" mamlakatdagi ramziy koʻngilochar joylaridan biri boʻlib, koreyslar, ayniqsa, bolalar uchun juda sevimli joy edi.
U 250 turdagi 30 000 ga yaqin dengiz jonzotlarini oʻz ichiga olgan va tashrif buyuruvchilarning asosini imperator pingvinlarini kuzatuvchilar tashkil etgan. U yerda turli xil dengiz hayvonlari bilan suvosti koʻngilochar shoular ham tashrif buyuruvchilarda ijobiy fikrlarni uygʻotgan. Koreya akvariumida boʻlgan ushbu pingvinglarni saqlash qiyin deb hisoblangan.
Akvariumning oʻziga xos suv parisi shousi, turli diqqatga sazovor joylari orasida juda mashhur boʻlib, boshqa akvariumlar tomonidan eʼtirof qilingan. Park operatori Hanwha Hotels & Resorts maʼlumotlariga koʻra, akvarium ochilganidan beri 90 millionga yaqin tashrif buyuruvchilarni oʻziga jalb qilgan va ular park haqida ijobiy fikrlar bilan chiqib ketishgan.
Binoning yana bir mashhur diqqatga sazovor joylari 63 Art, sanʼat galereyasi ham xuddi shu sanada yopiladi. Obʼektlar joylashgan Pompidou Xanva Seul markazining yangi maydoni sifatida taʼmirlanadi, kompaniya Parijdagi Pompidou markazi direktorlari bilan hamkorlikda 2025 yil oxirigacha ushbu loyihani yakunlashni maqsad qilgan.




