Yevro-2024: fransuzlar gol urmasdan gʻalaba qozonishdi
D guruhidagi ikkinchi oʻyinda Fransiya va Avstriya maydonga tushdi.

Yevropa chempionati D guruhidagi ikkinchi oʻyinda nomdor Fransiya termasi Avstriyaga qarshi maydonga tushdi va kichik hisobda gʻalaba qozondi.
Oʻyinda Fransiya xotirjamlik bilan toʻpga egalik qilgan boʻlsa-da, 38-daqiqadagi avtogoldan boshqa gol urilmadi.
Shu tariqa Niderlandiya va Fransiya guruhda 3 ochko bilan peshqadam boʻlib turibdi.
Yevro-2024, D guruhi, 1-tur
Avstriya - Fransiya 0:1
Gol: Vober 38 avtogol




