Ukrainada qozogʻistonlik muxolif otib ketildi
Aydos Sodiqov 2022 yil yanvar oyidagi namoyishlarni faol qoʻllab-quvvatlagandi.

Kiyevda qozogʻistonlik faol va muxolifatchi Aydos Sodiqovga bir necha marta oʻq uzildi, deb xabar bermoqda Ukrainaning Strana nashri. Uning ahvoli ogʻir deya baholanmoqda.
Soʻnggi yillarda Sodiqov Qozogʻistonning amaldagi hukumatini, jumladan, mamlakatning amaldagi prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevni "Rossiyaga ishlaganlikda" ayblab, tanqid qilgan.
Aydos Sodiqov Qozogʻistonning Rossiya bilan chegaradosh Aqtoʻbe viloyati Qorabutak qishlogʻida tugʻilgan. Aqtoʻbe pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan.
Oʻz vatanida Sodiqov 2010 yilda bezorilikda ayblanib, ikki yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyin u va uning tarafdorlari jinoyat ishini uydirma deb atagan. Sodiqov faol ijtimoiy faoliyat bilan shugʻullanib, norozilik namoyishlari uyushtirgan.
U, shuningdek, 2022 yil yanvarida Qozogʻistondagi norozilik namoyishlarini faol qoʻllab-quvvatlagan. Faol oʻzaro nafrat uygʻotganlikda ayblanib qidiruvga berilgan.