platina.uz
Jahon

Taniqli xonanda Jastin Timberleyk qamoqqa olindi

Politsiya uni mast holatda mashina boshqargani uchun hibsga olgan. 

Taniqli xonanda Jastin Timberleyk qamoqqa olindi

Nyu-York shtati politsiyasi taniqli amerikalik qoʻshiqchi va aktyor Jastin Timberleykni mast holda mashina haydagani uchun hibsga oldi. Tez orada unga rasman ayblov eʼlon qilinadi.

U boy Nyu-yorkliklar uchun yozgi dam olish maskani sifatida tanilgan Long-Aylenddagi Sag Harbor shahrida hibsga olingan.

Amerika politsiyasi hozircha Timberleyk qanday sharoitda hibsga olingani haqida maʼlumot bermadi.

43 yoshli Timberleyk oʻzining oltinchi albomi Everything I Thought It Was chiqqandan soʻng tez orada dunyo gastrollarini boshlashi kutilayotgandi.

Timberleyk dunyodagi eng mashhur musiqa sanʼatkorlaridan biridir. U 2002 yilda oʻzining Justified nomli birinchi yakkaxon albomini chiqardi, u 8 million nusxadan ortiq sotilgan.

Oʻtgan yili oʻz intervyusida Timberleyk faoliyatida spirtli ichimliklarga qaram boʻlib qolgan paytlarini esga olgan. U oʻz hayotini oʻzgartirish, spirtli ichimliklarga qaramlikdan xalos boʻlishni va umuman sogʻligʻiga gʻamxoʻrlik qilishni maqsad qilganini aytgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid