Sirdaryoda koʻp qavatli uy, Xorazmda esa bozor yonib ketdi
Har ikkala holat yuzasidan qurbonlar kuzatilmagan.
Xorazmda bozor, Sirdaryoda esa koʻp qavatli uy yonib ketdi. FVV mazkur hodisalar tafsilotini eʼlon qildi.
Joriy yilning 17 iyun kuni soat 20:40 da Yangiyer shahar "Fazilat" MFYda joylashgan koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻlgan.
Natijada bitta yashash xonadonining 50 kv.m tom qismi yongan. Koʻrilgan tezkor choralar natijasida yongʻin soat 21:05 da toʻliq oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida insonlarning tan jarohati olishi va halok boʻlish holatlari kuzatilmagan.
18 iyun kuni soat 02:30 da Hazorasp tumani "Bogʻdor" MFY hududida joylashgan "Hazorasp unversal savdo kompleksi" AJ hududida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Xabarga asosan yongʻin-qutqaruvchilar soat 02:35 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 04:04 da toʻliq bartaraf qilingan. Savdo kompleksi hududining 4200 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Yongʻin natijasida 300 kv.m maydonda aralash turdagi mollar savdo doʻkonlari yonib zararlangan.
Yongʻinning yuzaga kelish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.