Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi vafot etdi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Fen vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Fen 25 yil davomida Oʻzbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan. U “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati”, shuningdek, Janubiy Koreyaning “Gvangxva” ordenlari bilan taqdirlangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Indoneziya elchisi Toshkentda vafot etgandi.