platina.uz

Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha bir pogʻona pastladi

Mamlakat mobil internet tezligi boʻyicha 89-oʻrinni egalladi. Rossiya esa 105-pogʻonada. 

Jamiyat
18-iyun 2024 yil
Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha bir pogʻona pastladi

Oʻzbekiston mobil va simli internet tezligi boʻyicha reytingda bir pogʻonadan pastladi.

Speedtest Global Index oʻtgan may oyi boʻyicha koʻrsatkichlarni eʼlon qildi.

Mobil internet tezligi boʻyicha Oʻzbekiston 89-oʻrinni egallagan (-1). Mamlakat Iroq va Meksika oraligʻida joylashgan. Rossiya 105-oʻrinni band etdi.

Simli internet boʻyicha esa 90-oʻrinda (-1). Qoʻshni Qirgʻiziston Oʻzbekistondan bir pogʻona yuqoridan oʻrin egalladi.

Markaziy Osiyoda Qozogʻiston har ikkala koʻrsatkich boʻyicha eng yaxshi natijani qayd etgan.

Dunyo boʻyicha eng yaxshi mobil internet Qatarda, simli internet esa Singapurda ekani qayd etildi. Shuningdek, Gongkong, BAA,Kuvayt, Daniya kabi davlatlar ham yuqori oʻrinlardan joy oldi.

Aprel oyida Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha besh pogʻona koʻtarilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+