Yevro-2024: Ukraina yirik hisobda tor-mor etildi
Ye guruhidagi oʻyinda ruminlar nomdor ukrainlarga imkon qoldirmadi.
Sport
17-iyun 2024 yil

Yevropa chempionati Ye guruhidagi dastlabki oʻyinda Ruminiya oʻziga nisbatan nomdor Ukraina termasini 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Hisob 29-daqiqada Stansiuning ajoyib goli bilan ochilgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda Marin va Dregush yanada yiriklashtirishdi.
Yevro-2024, Ye guruhi, 1-tur
Ruminiya - Ukraina 3:0
Gollar: Stansiu 29, Marin 53, Dregush 57.