Rossiyadagi qamoqxonada mahkumlar xodimlarni qoʻlga oldi
Rostovda terrorchilikda ayblanayotganlar qamoqxona xodimlarni qoʻlga oldi.

Rossiyaning Rostov viloyati Jazoni ijro etish federal xizmatining 1-sonli tergov izolyatorida ayblanuvchi ikki xodimni garovga oldi.
Shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, hibsxonaga tutash koʻchalarda transport harakati toʻsib qoʻyilgan; avtoulovlar va jamoat transporti aylanma yoʻllarga yoʻnaltirilgan.
1-sonli tergov izolyatori qadimiy bino boʻlib, u shaharning qoq markazida, Gorkiy koʻchasi va Kirovskiy prospekti chorrahasida joylashgan.
Federal Jazoni ijro etish xizmatining hududiy boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, boshqarma boshligʻi, huquq-tartibot idoralari va prokuraturaning boshqa vakillari hozir joyida boʻlib, garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etmoqda.
"TASS"ning oʻz manbalariga asoslanib xabar berishicha, qamoqxona xodimlarini qoʻlga olganlar pichoq bilan qurollangan. Ularning talablari hali nomaʼlum.
Agentlik shuningdek, asirlarni garovga olgan mahbuslar, jumladan, terrorizmda ayblanayotgani, ular orasida "Islomiy davlat" guruhi tarafdorlari borligi haqida xabar berdi. Bu maʼlumot rasman tasdiqlanmagan.