Italiya Albaniya ustidan irodali tarzda gʻalaba qozondi
Yevropa chempionatida amaldagi chempion musobaqa autsayderini kichik farq bilan magʻlub etdi.

Yevro-2024 "B" guruh doirasidagi Italiya — Albaniya oʻyini boʻlib oʻtdi.
Garchi Albaniya birinchi daqiqadayoq hisobni ochgan boʻlsada, Italiya vaziyatni oʻnglashga erishdi.
Italiya – Albaniya 2:1
Bahs "Signal Iduna Park" stadionida kechdi.
Gollar: 0:1 – 1 Bayrami, 1:1 – 11 Bastoni, 2:1 – 16 Barella.
Eslatib oʻtamiz, guruhning yana bir oʻyinida Ispaniya Xorvatiya termasini yirik hisobda magʻlub etdi.