Siril Ramafosa ikkinchi bor JAR prezidenti etib saylandi
Ramafosa ilk bor 2018 yilda hokimiyatga kelgandi. Uning partiyasi parlament saylovlarida koʻpchilik oʻrinni yoʻqotdi.

Janubiy Afrika parlamenti quyi palatasi (Janubiy Afrika Respublikasi Milliy assambleyasi) deputatlari Siril Ramafosani mamlakat prezidenti etib qayta sayladi, deb xabar bermoqda mamlakat OAVlari.
Ovoz berishda qatnashgan 339 deputatdan 283 nafari Ramafosa uchun ovoz berdi.
29 may kuni mamlakatda parlament saylovlari boʻlib oʻtgandi. Janubiy Afrika Konstitutsiyasi saylovdan soʻng ikki hafta ichida Milliy Assambleyaning Prezident, Spiker va Spiker oʻrinbosarini saylash uchun yigʻilishini talab qiladi.
1994 yildan beri hukmronlik qilib kelayotgan Afrika Milliy Kongressi (AMK) ilk bor koʻpchilik oʻrinni yoʻqotdi va milliy birlik hukumatini yaratish uchun koalitsiya tuzishga harakat qilmoqda. Kuzatuvchilar, 2018 yildan buyon Janubiy Afrika prezidenti boʻlib kelgan AMK rahbari Ramafosa qayta saylanishga erishadi, biroq shu bilan birga u boshqa partiyalarga yon berishga majbur boʻlishiga ishonishmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Ramafosa 2018 yilda Jeykob Zuma hokimiyatdan ketganidan soʻng prezident etib saylangandi.