Ispaniya yirik gʻalaba bilan boshladi
Markaziy deya taʼriflangan oʻyinda Xorvatiya omadsizlikka yuz tutdi.
Sport
15-iyun 2024 yil

Yevro-2024 B guruhi 1-turida markaziy oʻyin deyilgan Ispaniya va Xorvatiya uchrashuvida qizillar yirik hisobda gʻalaba qozondi.
Oʻyin taqdiri birinchi boʻlimdayoq hal etildi: Morata, Ruis va Karvaxalning gollari Ispaniyaga yirik gʻalaba keltirdi.
80-daqiqada ispanlar darvozasiga belgilangan penaltini Petkovich golga aylantira olmadi.
Yevro-2024, B guruhi, 1-tur
Ispaniya - Xorvatiya 3:0
Gollar: Morata 29, Ruis 32, Karvaxal 45+2