platina.uz

Bosh hakamni soʻkkan "Paxtakor" rasmiylariga chora koʻrildi

"Paxtakor" — "Qizilqum" oʻyinida toshkentliklar rasmiy shaxslari bosh hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatishgan. 

Sport
15-iyun, 9:14
Bosh hakamni soʻkkan "Paxtakor" rasmiylariga chora koʻrildi

"Paxtakor" rasmiylari oʻyin bosh hakamini soʻkkani va tartibsizlik chiqargani uchun jazolandi. Bu haqda OʻFA tartib-intizom qoʻmitasi qarorida aytiladi.

Superliganing 9-turi doirasidagi "Paxtakor" — "Qizilqum" uchrashuvining 56-daqiqasida "Paxtakor" futbolchisi Sardor Sobirxoʻjayev toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sardor Sobirxoʻjayevga (Paxtakor) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

56-daqiqada "Paxtakor" futbolchisi Dragan Cheran bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dragan Cheranga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunlangandan soʻng, "Paxtakor" klubi rasmiy shaxslari bosh hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatishgan, bu esa tartibsizliklar olib kelgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, "Paxtakor" futbol klubiga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, yana bir qator uchrashuvlar yuzasidan jazolar chiqarildi.

"Bunyodkor" — "Lokomotiv"

Oʻzbekiston Superligasining 8-turi doirasidagi "Bunyodkor" — "Lokomotiv" uchrashuvining 90+7-daqiqasida "Lokomotiv" futbolchisi Suhrob Sultonov toʻp uchun kurashish vaqtida qoʻl qismi bilan raqib oʻyinchisining bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Suhrob Sultonovga (Lokomotiv) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

"Lokomotiv" — "Surxon"

9-tur doirasidagi «Lokomotiv» — "Surxon" uchrashuvining 55-daqiqasida "Surxon" futbolchisi Ulugʻbek Hoshimov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Oʻyinning 90+3-daqiqasida "Lokomotiv" futbolchisi Abubakr Rizo Turdaliyev oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ulugʻbek Hoshimovga (Surxon) va Abubakr Rizo Turdaliyevga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

"Neftchi" — OKMK

Chempionatning 9-turi doirasidagi "Neftchi" — OKMK uchrashuvi 54-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Xurshid Gʻiyosov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xurshid Gʻiyosovga (OKMK) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+5-daqiqasida «Neftchi» futbol klubi futbolchisi Jasur Jaloliddinov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jasur Jaloliddinovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

90+10-daqiqada esa "Neftchi" futbolchisi Sanjar Qodirqulov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sanjar Qodirqulovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, superliganing boshqa oʻyinlari va pro ligadag uchrashuvlardagi holatlar yuzasidan ham qaror chiqarilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+