platina.uz
Jamiyat

Uchqoʻrgʻon hokimiyatiga uchinchi marta milliardlar ajratilyapti

Yangiqoʻrgʻon tumaniga ham 2 mlrd. soʻmdan oshiq pul beriladi. 

Uchqoʻrgʻon hokimiyatiga uchinchi marta milliardlar ajratilyapti

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ikki tumanga jami 5 milliard soʻmdan oshiq mablagʻ ajratish boʻyicha ikki farmoyishni imzoladi. Hokim yil boshidan buyon Uchqoʻrgʻon tumani uchun ikki bor shunday hujjatlarni tasdiqlagandi.

Bu safar 14 iyun kuni imzolagan farmoyishlarga koʻra, Yangiqoʻrgʻon tumaniga 2 mlrd. 186 mln. 998 ming soʻm va soʻngra Uchqoʻrgʻon tumaniga 3 mlrd. 287 mln. 694 ming soʻm mablagʻ beriladi.

Ushbu pullar viloyat hokimligi huzuridagi "Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish jamgʻarmasi" hisobidan tuman hokimliklariga beriladi.

Uchrqoʻrgʻon tumaniga may oyida ham viloyatdan milliardlab soʻm mablagʻ berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid