platina.uz

Uch nafar oʻzbekistonlik IShIDga aloqador "qora roʻyxat"ga qoʻshildi

Ushbu maʼlumotlar AQSh tomonidan Turkiya bilan hamkorlikda aniqlangan. 

Jahon
14-iyun, 22:11
Uch nafar oʻzbekistonlik IShIDga aloqador "qora roʻyxat"ga qoʻshildi

AQSh uch nafar oʻzbekistonlikni IShIDga aloqadorlar roʻyxatiga kiritdi.

AQSh Turkiya bilan hamkorlikda IShIDga aloqador uch nafar oʻzbekistonlikni "qora roʻyxat"ga qoʻshdi. Bu haqda Davlat departamenti xabarida maʼlum qilingan.

Ular uch nafarni tashkil qiladi. Roʻyxatda nomi keltirilgan Muhammadyusuf Alisher oʻgʻli Mirzoyev — 2023 yilda IShID bilan bogʻliq harbiy oʻquv lagerini tashkil etish ishlarida ishtirok etgan.

- Muhammad Ibrohimjon Niyozov — IShID aʼzolariga maʼmuriy va logistik yordam koʻrsatgan.

- Olimxon Mahmudjon oʻgʻli Ismoilov — IShID bilan bogʻliq kontrabanda tarmogʻi aʼzosi.

Mazkur shaxslarning AQShdagi yoki AQSh fuqarolari nazoratidagi barcha mulklari va mol-mulk manfaatlari bloklanadi. Ular bilan muayyan operatsiyalarni amalga oshirgan har qanday AQSh yoki xorijlik fuqarolar sanksiyaga uchrashi mumkin.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+