platina.uz
Jamiyat

Toshkentda Yandeks haydovchisi mijozning pulini onlayn qimorga tikib yubordi

U  mijozning 750 AQSh dollari va 1.500.000 soʻm pullarini sherigining plastik kartaga oʻtkazib olgan va oʻyinga tikkan. 

Toshkentda Yandeks haydovchisi mijozning pulini onlayn qimorga tikib yubordi

Toshkentda mijozga tegishli mablagʻni oʻz manfaatlari yoʻlida ishlatib, uni onlayn qimorga tikib yuborgan Yandeks haydovchisiga jazo tayinlandi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudi mazkur ish koʻrib chiqilgan. Sud hukmi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Ayblanuvchi D.G. avval ham sudlangan ( 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan, soʻngra kasalligi bois jazo alshmatirilgan). U 2024 yil 13 yanvar kuni jinoiy sherigi B.M. bilan oldindan til biriktirgan.

Ular Yandeks mobil ilovasi orqali buyurtmalarni yetkazib berish bilan shugʻullanib, Yunusobod tumanida joylashgan “Pro Max” doʻkoniga ilova orqali chaqiruvga asosan kelishib, doʻkon egasi fuqaro Sh.Zikirjonovga tegishli telefon appparati quloqchinining boʻsh qutisiga solingan 750 AQSh dollari va 1.500.000 soʻm pullarni doʻkon sotuvchisi A.Abduraxmonovdan Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Nazarbek MFYga Sh.Zikirjonovga yetkazib berish uchun qabul qilishgan. Soʻngra yoʻlda qutini ochib, Sh.Zikirjonovga buyurtmani yetkazib bermasdan, pullarni shaxsiy manfaatlari yoʻlida sarflab yuborib, Sh.Zikirjonovga jami 10.812.000 soʻm moddiy zarar yetkazishgan.

D.G sherigi bilan B.M. bilan “Farxod” bozori oldiga borib, 700 AQSh dollarlarini soʻmga ayriboshlab, bu pullarni B.M.ning plastik kartasiga oʻtqazib, plastik kartasi orqali “Mostbet” ilovasiga oʻtkazib ruletka oʻyiniga ushbu pullarni hammasini tikib yutqazishgan. 1,5 mln. soʻm mablagʻni ham shu tarzda sarflab yuborishgan.

D.G sudda aybiga toʻliq iqror boʻlib, pushaymonligini va zarar toʻliq qoplanganini bildirdi.

Sud hukmiga koʻra, D.G. JKning 167-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil 5.850.000 soʻm jarima hamda ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 (uch) yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Uning ikki oy davomida qamoqda saqlangani inobatga olinib, yakunda uzil-kesil oʻtash uchun 5.850.000 soʻm jarima hamda ish haqining 20 foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil 5 (besh) oy 12 (oʻn ikki) kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid