platina.uz
Siyosat

Sadir Japarov davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi

Bu haqda Qirgʻiziston Iqtisodiyot va savdo vaziri oʻrinbosari Sanjar Bolotov maʼlum qildi. 

Sadir Japarov davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi

Yaqin orada Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.

Bu haqda 13 iyun kuni Bishkekdagi Qirgʻiziston-Oʻzbekiston biznes-forumining ochilishida Qirgʻiziston Iqtisodiyot va savdo vaziri oʻrinbosari Sanjar Bolotov maʼlum qildi.

"Ikki davlat prezidentlarining boʻlajak uchrashuvi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlash, qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi mushtarak irodani oʻzida mujassamlashtirgan muhim lahza boʻladi.

Prezidentlarimiz oldimizga mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish vazifasini qoʻygan. Bu ambitsiyali, ammo erishish mumkin boʻlgan maqsad. Bu maqsadga erishish uchun biz birgalikda harakat qilishimiz, barcha mavjud vosita va mexanizmlardan foydalanishimiz kerak.

Ishonchim komilki, biz birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan nafaqat erishamiz, balki bu koʻrsatkichdan ham oshib ketamiz, - degan Sanjar Bolotov.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid