platina.uz
Jamiyat

Poraga iPhone 15 Pro Max olayotgan IIB mansabdori qoʻlga tushdi

U fuqaroga tegishli sirni fosh qilib, mansab vakolatidan foydalangan holda javobgar qilmoqchi boʻlgan.

Poraga iPhone 15 Pro Max olayotgan IIB mansabdori qoʻlga tushdi

Qoraqalpogʻistonda IIB boshligʻi oʻrinbosari qoʻlga olindi.

Fuqaroga tegishli sirni fosh qilib, uni mansab vakolatidan foydalangan holda javobgar qilmoqchi boʻlgan IIB mansabdori tovlamachilikda ayblanmoqda.

U bu harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga fuqarodan iPhone 15 Pro Max talab qilgan. DXX Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasiga murojaat qilgan fuqaro Qoʻngʻirot tuman IIB boshligʻi oʻrinbosarini javobgarlikka tortishni soʻragan.

Murojaatchining bildirishicha, tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi, mayor unvoniga ega mansabdor uning shaxsiy sirini bilishini, agar unga iPhone 15 Pro Max olib kelmasa, oʻsha sirni fosh qilib, oʻzini javobgar qilmoqchiligini aytgan.

Bundan qoʻrqib ketgan fuqaro DXX Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasiga murojaat qilib, yordam soʻragan. DXX Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Qoʻngʻirot tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari fuqarodan talab qilingan iPhone 15 Pro Maxni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, DXX avval Jizzaxda prokuror oʻrinbosarini qoʻlga olgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid