platina.uz
Siyosat

Janubiy Koreya prezidenti Toshkentda kutib olindi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni qarshi oldi. 

Janubiy Koreya prezidenti Toshkentda kutib olindi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Janubiy Koreya prezidenti Toshkentda kutib olindi.

14 iyun kuni Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi.

Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid