Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchisi vafot etdi
Sunario Kartadinata shuningdek, Indoneziyaning Qirgʻizistondagi elchisi vazifasini ham bajargan.

Indoneziyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sunario Kartadinata 13 iyun kuniToshkentda vafot etdi.
Bu haqda elchixona oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar berdi.
Sunario Kartadinata shuningdek, Indoneziyaning Qirgʻizistondagi elchisi vazifasini ham bajargan.