Toshkentda Ginness rekordi oʻrnatildi
Rekordni yangilashda 6 nafar oʻzbekistonlik sportchi ishtirok etdi.

Toshkent xalqaro aeroportida olti nafar oʻzbekistonlik sportchi 13 tonnalik samolyotni tortishdi. Bu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan mutlaq rekordga aylandi.
Ginnesning rekordlar kitobi komissari Mbali Masechaba Nkosi xonim ishtirokida Oʻzbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi jamoasi ogʻirligi 13500 kg boʻlgan samolyotni 100 metr masofaga 46,7 soniyada tortib borishdi.
Qayd etish joizki, rekord birinchi urinishdayoq oʻrnatildi. Bundan oldingi rekord samolyotni 60 soniya ichida tortib borish edi.
