Toshkent shahar hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi

Jumladan, Baxtiyor Xaydarov hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jamiyat
13-iyun, 16:18
Toshkent shahar hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimiga oʻrinbosarlar tayinlandi. 

Jumladan,  Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

1989 yilda tugʻilgan B.Xaydarov shu kunga qadar Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 

Sanjar Tadjiyev Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

1981 yilda tugʻilgan S.Tadjiyev bunga qadar Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, “The Mob” MChJda bosh direktor lavozimida ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahri hokimining turizm masalalari boʻyicha avvalgi oʻrinbosari Faxriddin Davrukov prezident yigʻilishida yangi takliflar bilan chiqmayotgani sababli lavozimidan ozod etilgandi

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+