Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Malika Qayumova vafot etdi
U Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat koʻrsatib kelayotgandi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Malika Qayumova vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aktrisa 1954 yil Toshkent viloyatida tavallud topgan.
2011 yili “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni bilan mukofotlangan. 1976 yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini bitirgan.
Institutni bitirgach, oʻzbek drama teatrida oʻz faoliyatini boshlagan. 1993 yildan boshlab Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat koʻrsatgan. U oʻz ijodiy faoliyati davomida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ortiq spektakllarda bosh qahramon rollari va xarakterli obrazlarni mahorat bilan ijro etgan.