platina.uz
Jahon

Kuvaytdagi yongʻinda qariyb 50 ishchi halok boʻldi

Qurbonlarning 40 nafari hindistonliklardir. Halok boʻlganlar mehnat muhojirlari sanaladi. 

Kuvaytdagi yongʻinda qariyb 50 ishchi halok boʻldi

Kuvayt janubi-sharqidagi Mangaf tumanida ishchilar yashaydigan binoda chiqqan yongʻin oqibatida kamida 49 kishi halok boʻldi. Oʻnlab odamlar yaralangan, deya xabar bermoqda Euronews.

Qurbonlar orasida 40 nafar Hindiston fuqarosi ham bor. Bu xabarni mamlakat tashqi ishlar vazirligi tasdiqlagan.

Kuvayt rasmiylari uy egasini hibsga olish niyatida ekanliklarini eʼlon qilib, "mulk egalarining ochkoʻzligi bunday muammolarga olib keladi", deya bayonot berishgan.

Kuvayt koʻplab sohalarda, jumladan, qurilish va neft qazib olishda chet ellik ishchilarga tayanadi.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, binoda 200 ga yaqin ishchi boʻlgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid