platina.uz
Jahon

Katta yettilik davlatlari Ukrainaga 50 milliard dollar ajratishga kelishdi

OAV maʼlumotlariga koʻra, kredit shaklidagi bu mablagʻ Rossiya aktivlaridan tushadigan daromad hisobidan toʻlanadi. 

Katta yettilik davlatlari Ukrainaga 50 milliard dollar ajratishga kelishdi

Katta yettilik mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSh) yetakchilari Ukrainaga 50 milliard dollar mablagʻni kredit koʻrinishida ajratish toʻgʻrisida kelishuvga erishdilar, bu mablagʻ Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foyda hisobiga toʻlanadi.

Bu haqda Yelisey saroyidagi manbaga tayanib, AFP va Bloomberg yozmoqda.

"Biz kelishuvga erishdik", dedi AFP agentligiga manba. Bloomberg suhbatdoshining aniqlik kiritishicha, kelishuvning texnik tafsilotlari 13—14 iyun kunlari boʻlib oʻtadigan G7 yetakchilari sammitidan soʻng muhokama qilinadi. Bu borada yakuniy kelishuvlarga maʼlum vaqtdan keyin erishiladi.

Bloomberg xabariga koʻra, mablagʻlarni Ukrainaga 2024 yil oxirigacha ajratish rejalashtirilgan. AFP manbasining taʼkidlashicha, reja Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan foydalangan holda kreditni qaytarishni nazarda tutsada, G7 muqobil variantlarni koʻrib chiqishi kerak.

"Agar u yoki bu sabablarga koʻra Rossiya aktivlari muzlatilmagan boʻlsa yoki Rossiya aktivlaridan tushgan mablagʻlar kreditni moliyalashtirish uchun etarli boʻlmasa, biz kredit yukini qanday taqsimlash haqida oʻylashimiz kerak", dedi agentlik suhbatdoshi.

Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga Rossiya aktivlaridan keladigan daromad bilan 50 milliard dollar ajratishni taklif qildi. Eslatib oʻtamiz, 2022 yil 24 fevraldan keyin Yevropa Ittifoqi, Kanada, AQSh va Yaponiya Rossiyaning qariyb 300 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qoʻydi. Shu bilan birga, ushbu mablagʻlarning taxminan 5-6 milliard dollari AQShda saqlanadi. Yevropa - 210 milliard dollar. Har yili bu aktivlar 3-5 milliard dollar foyda keltirishi mumkin, deya qayd etadi Bloomberg.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid