platina.uz
Jamiyat

Qurbon hayiti namozi vaqtlari eʼlon qilindi

Jumladan, Toshkent shahridagi masjidlarda ertalab soat 05:10 da hayit namozi oʻqiladi.

Qurbon hayiti namozi vaqtlari eʼlon qilindi

Oʻzbekistondagi jome masjidlarda 2024 yil 16 iyun yakshanba kuni Qurbon hayiti namozi oʻqiladi. Musulmonlar idorasi namoz vaqtlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.

Respublikaning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:

Andijon 05:00
Namangan 05:00
Fargʻona 05:00
Toshkent sh. 05:10
Toshkent v. 05:15
Sirdaryo 05:15
Jizzax 05:15
Samarqand 05:20
Surxondaryo 05:20
Qashqadaryo 05:25
Navoiy 05:25
Buxoro 05:30
Xorazm 05:45
Qoraqalpogʻiston Res. 05:50

Ushbu jadvalda koʻrsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 16 iyun sanasida Qurbon hayiti nishonlanadi. 17-18 iyun kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid