platina.uz

Qurbon hayiti kuni metro bepul boʻladi

Bayram kuni metro faoliyatini odatdagidan ikki soat oldin, tongi soat 03:00 dan boshlaydi.

Jamiyat
12-iyun 2024 yil
Qurbon hayiti kuni metro bepul boʻladi

Qurbon hayiti bayramida metro bepul boʻladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.

2024 yil 16 iyun — Qurbon hayiti bayrami kuni yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, yaʼni, tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.

Bundan tashqari, bayram kunida barcha yoʻlovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.

Shuningdek, metro yoʻlovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat koʻrsatiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+